Ipoteka bank OTP Group FCI xalqaro faktoring tashkiloti a’zosiga aylandi
Ipoteka Bank OTP Group Factors Chain International (FCI) — 90 dan ortiq mamlakatda 400 dan ziyod ishtirokchini birlashtirgan xalqaro faktoring tashkilotlari va moliya institutlari tuzilmasiga qo‘shildi. Alohida ta’kidlash joizki, Ipoteka Bank OTP Group FCI tarmog‘iga qo‘shilgan O‘zbekistondagi ilk banklardan biri hisoblanadi. Bu esa bankning mamlakatda xalqaro faktoring va savdo-moliyalashtirish sohasini rivojlantirishdagi yetakchi mavqeini yaqqol namoyon etadi. FCI a’zoligi bankka tashqi savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek xalqaro faktoring standartlari va mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Korporativ mijozlar uchun bu zamonaviy moliyaviy yechimlar spektrining kengayishi, jumladan faktoring vositalaridan foydalangan holda eksport shartnomalarini moliyalashtirish imkonini anglatadi. O’z o’rnida bu tovar aylanmasi oshishi va biznes faoliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun: Factors Chain International (FCI) — faktoring bozori ishtirokchilarini birlashtiruvchi va sheriklik tarmog‘i hamda yagona yondashuvlar orqali transchegaraviy faktoring operatsiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilot. Aloqa uchun: Ipoteka Bank OTP Group aloqa markazi — (78) 1508913

Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling