Ipoteka Bank OTP Group «Makul» ipotekasini ishga tushurdi: qurilish kutmasdan tayyor kvartira

Ipoteka Bank OTP Group «Makul» ipotekasini ishga tushurdi: qurilish kutmasdan tayyor kvartira
Ipoteka Bank OTP Group «Makul» ipotekasini ishga tushurdi: qurilish kutmasdan tayyor kvartira

Ipoteka Bank OTP Group yangi «Makul» ipoteka mahsulotini ishga tushurilgani haqida e’lon qiladi. Ushbu mahsulot, ikkinchi bozor orqali tayyor uy-joyni tez va qulay xarid qilmoqchi bo‘lgan mijozlar uchun mo‘ljallangan, shaffof va foydali shartlar bilan taqdim etiladi.

«Makul» — bu qurilish tugashini kutishni istamaydigan va darhol turar joy yoki investitsiya uchun kvartira tanlab olishni xohlovchilar uchun yechim. Mahsulot raqobatbardosh foiz stavkasi, tushunarli shartlar va moslashuvchan kredit muddatlarini birlashtirib, uy-joy xaridini keng mijozlar uchun yanada qulay qiladi.

Hozirgi kunda ko‘proq oilalar tayyor kvartirani tanlayapti, shunda ular darhol o‘z uylariga ko‘chib o‘tishlari mumkin. Bankning yangi mahsuloti bozordagi ushbu talabga javob beradi va qurilish bilan bog‘liq ortiqcha risklarsiz ipotekani rasmiylashtirish imkonini taqdim etadi.

«Makul» ipotekasining asosiy shartlari:

• Foiz stavkasi — yillik 21,5% dan
• Birinchi to‘lov — 26% dan
• Maksimal kredit summasi:
- Toshkentda — 800 mln so‘mgacha
- Viloyatlarda — 500 mln so‘mgacha
• Kredit muddati — 10 dan 20 yilgacha

«Makul» mahsulotini ishga tushirish — Ipoteka Bank OTP Group uchun qulay ipoteka yechimlarini rivojlantirish va mijozlarga foydali shartlarda o‘z uylarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yana bir qadamdir.

Yangi mahsulot bankning barcha filiallarida mavjud.
Kreditga ariza onlayn yoki eng yaqin Ipoteka Bank OTP Group bo‘limida topshirilishi mumkin.

Kontakt-markaz: (78) 150-89-13 



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling