Ipoteka bank OTP Group Oʻzbekiston iqtisodiyoti istiqbollarini yuqori baholab, mamlakatdagi investitsiyalarini kengaytirmoqda
Toshkent, 2026-yil 12-mart — Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi Sandro Rtveladze EUROUZ tashabbusi bilan o‘tkazilgan Uzbekistan Economic Update 2026 forumida chiqish qilib, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari juda keng ekanini e’tirof etdi.
“O‘zbekistonning kelajagi nihoyatda porloq. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda xorijiy investorlarning faol ishtiroki ushbu jarayonni yanada kuchaytirmoqda,” — dedi Sandro Rtveladze
Panel muhokamasi davomida CEO OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yirik bank guruhlaridan biri ekani va O‘zbekiston bozoriga birinchi yevropa banki sifatida faoliyat yuritayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u kompaniyaning mamlakatdagi faoliyati kengayib borayotganini, buning amaliy misoli sifatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan Yashil Ferma loyihasini tilga oldi.
“Oʻzbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va davom etayotgan islohotlar mamlakatda investitsiyalarni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda”, — dedi Ipoteka bank OTP Group CEOsi.
Avvalroq Ipoteka bank OTP Group 2025‑yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qilgan edi. Natijalar bankning barqaror o‘sishga erishganini va biznes transformatsiyasi samarali amalga oshirilganini ko‘rsatdi. Hisobotga ko‘ra, bankning sof foydasi 1,763 trillion so‘m, kapital rentabelligi (ROE) esa 22,4% ni tashkil etdi.