ATIB «Ipoteka-bank» ustav kapitalini 417,2 mlrd.so'mga ko'paytirdi

2019 yilning 20 mayida ATIB "Ipoteka-bank" tomonidan 417,2 mlrd.so'mlik 17-qo'shimcha aksiyalari chiqarildi. Aksiyalar joylashtirilgandan keyin bankning ustav kapitali 1 402,8 mlrd.so'mni tashkil etdi.

Qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish to'g'risidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 19.04.2019 sanada № Р0775-17-raqam bilan ro'yxatga olindi.

Qimmatli qog'ozlarni chiqarish shartlariga muvofiq, aksiyalar O'zbekiston Respublikasi Rekonstruktsiya va taraqqiyot fondi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi.

Chiqarish natijalari haqida xabarnoma.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail