Ipoteka bank O‘zbekistondagi rasmiy dilerlar orqali SGeely (Super Geely) avtomobillar xaridini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi avtokredit dasturini joriy etganini ma’lum qiladi. Ushbu kredit mahsuloti xarid qilishni ishlab chiqilgan. Dastur mijozlarga zamonaviy Geely avtomobillarini qulay, aniq va shaffof moliyalashtirish mexanizmlari asosida xarid qilish imkoniyatini beradi.
SGeely dasturi doirasida ilg‘or texnologiyalar, yuqori darajadagi qulaylik, xavfsizlik hamda energiya samaradorligi kabi innovatsion yechimlarni o‘zida mujassam etgan Geely EX5 EV, EX5 EM-i va Monjaro kabi ommabop va talab yuqori bo‘lgan modellar taklif etilmoqda.
SGeely (Super Geely) avtokreditining asosiy shartlari:
-
foiz stavkasi — yillik 0% dan;
-
boshlang‘ich to‘lov — 25% dan;
-
yuqori kredit miqdori — 480 mln so‘mgacha;
-
kredit muddati — 60 oygacha.
Yangi mahsulot zamonaviy texnologiyalar, yuqori darajadagi qulaylik va premium darajadagi dizaynni qadrlaydigan hamda avtomobilni eng maqbul moliyaviy imkoniyatlar bilan xarid qilishni istovchi mijozlar uchun mo‘ljallangan.
SGeely mahsulotining yo‘lga qo‘yilishi avtokreditlash yo‘nalishini kengaytirish borasidagi navbatdagi muhim qadamlardan biridir. Biz mijozlarga zamonaviy avtomobillarning keng tanlovini va raqobatbardosh moliyaviy shartlarni taklif qilishga intilamiz. Asosiy maqsadimiz — avtomobil xaridini yanada qulay, oson va ommabop jarayonga aylantirishdan iborat”, — dedi Ipoteka bank OTP Group’ning avtokreditlash direksiyasi direktori Vitaliy Savin.
Avtokreditlash shartlari haqida batafsil ma’lumotlarni Ipoteka bank OTP Group filiallarida hamda bankning rasmiy veb-saytida olishingiz mumkin.