Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʼzgarishlar muhokama qilindi.

“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgarish va qoʼshimchalar muhokamasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.



Bugun Ipoteka-bank xodimlari ishtirokida “Yangi Oʼzbekiston Konstitutsiyasi – inson qadri va xalq manfaatlari uchun” mavzusida muhokama-munosabat tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda bosh ofis xodimlari bilan birgalikda, filiallar xodimlari “ZOOM” platformasi orqali qatnashdilar.



Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Bekov Ixtiyor ishtirok etib, u tomonidan Konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan oʼzgartirishlar boʼyicha batafsil maʼlumotlar berildi.



Bahs va munozaralarga boy oʼtgan tadbirda, Yangi Oʼzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, faol fuqarolik pozitsiyasi va uning jamiyat shakllanishidagi oʼrni, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail