Rasmiy munosabat!

“Muxbir Daliev” telegramm kanalida joriy yilning 30 sentabr kuni “Ipoteka-bank” АTIB Fargʼona viloyati filialining kassalarida Rossiyadan joʼnatilgan pullarni olish uchun navbatlar hosil boʼlganligi haqida xabarlar tarqaldi. 
Bankning dasturiy taʼminotlarida qisqa muddatli texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli, xizmat koʼrsatish jarayonida uzilishlar kuzatildi.

Ushbu uzulishlar qisqa muddatlarda bartaraf yetilib, mijozlarga xizmat koʼrsatish qayta yoʼlga qoʼyildi.

Shuningdek, masʼullarga bu kabi holatlarni yuzaga kelmasligi boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berildi.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling