Faol xodimlar uchun timbilding tashkil etildi

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari Ipoteka-bankning Qoʼqon va Tinchlik filiallari xodimlari uchun Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani Oqtosh dam olish zonasida timbilding tashkil etildi.

Front ofis xodimlarining natijadorlik reytingiga asosan yanvar-mart oylari uchun individual KPI koʼrsatkichlari bajarishning eng yuqori natijalarga erishgani uchun ushbu filiallar Bank Boshqaruvi tomonidan ragʼbatlantirildi. 



Tadbirda ishtrokchilar tabiat qoʼynida dam olish bilan birga, o'zaro tajriba almashib, qiziqarli psixologik va jamoaviy oʼyinlar orqali bir jamoa boʼlib ishlash ko'nikmalarini mustahkamladilar. 


Bunday amaliy tadbirlar xodimlar oʼrtasida hamjihatlik va mehr-oqibatni kuchaytirishi bilan birga, mehnat samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail