Ipoteka-bank Respublika tarmoqlararo kooperasiya sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 14 noyabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida tarmoqlar va hududlar sanoat korxonalari ishtirokida o‘tkaziladigan Respublika tarmoqlararo kooperasiya sanoat yarmarkasi o'z faoliyatini boshladi.
Yarmarkada “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan ham ishtirokchi va tashrif buyuruvchilar uchun taqdimot stendi tashkil etildi.
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadi.