Korrupsiya illatiga qarshi kurash ustuvor vazifamiz.

Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid profilaktik tadbirlarni muntazam oʼtkazish ustuvor vazifa sifatida olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunini tahlili yuzasidan “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. 



Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Yunusov Akmal Raxmatovich oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. 

Tadbir davomida, shuningdek, jamiyatimizda sodir etilayotgan korrupsion holatlar tanqid ostiga olindi va shu kabi holatlarga yoʼl qoʼymaslik, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda Oʼzbekiston Respublikasi Qonun va qonun osti hujjatlari, ularning mazmun mohiyati, zamonaviy aksilkorrupsion tizimlarni joriy etishga qaratilgan ishlar haqida oʼzaro fikrlar almashildi.


Shundan so‘ng, respublikamiz bank tizimida sodir etilayotgan qonunbuzarliklar, jumladan, bir qator tijorat banklari rahbar xodimlari va mutaxassislari tomonidan uyushgan jinoyatchilik guruhlari tashkil etilganligi va ular tomonidan sodir etilgan bir qator jinoyatlar to‘g‘risida malumotlar berilib, uning oqibatlariga alohida to’xtalindi. 

Seminar songgida, tinglovchilarga videorolik namoyish qilinib, seminar qatnashchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling