Hududlarda tadbirkor ayollarning moliyaviy bilimlarini oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni baholash” hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 27-28 sentabr kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Andijon viloyat filialida oʼtkazildi.


“Woman in bussines SА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan boʼlib, ayol tadbirkorlar uchun biznesda barqarorlikni saqlab qolish va yangiliklar kiritib moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularga yangi xizmatlar koʼrsatish va hamkorlar topish boʼyicha maslahatlar berishni oʼz ichiga oladi.

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda aktiv ishtirok etishingizni kutib qolamiz.



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling