Ustozlar doim e'zozda

Yurtimizda "1 oktabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni" har yili umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinadi.

Ushbu bayram munosabati bilan Ipoteka-bank Bosh ofisida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda bank rahbariyati nafaqadagi murabbiylarimiz bilan bir qatorda, hozirgi paytda ham bankimiz tizimida mehnat qilib kelayotgan ustozlarimizni bayram bilan tabriklab, esdalik sovgʼalarini ulashishdi.

Oʼz bilim va tajribalari bilan shogirdlariga hayot maktabida toʼgʼri yoʼl koʼrsatadigan, ish joyida puxta bilim berib, faoliyati davomida ulkan yutuqlarga erishishida oʼz hissasini qoʼshishdan charchamaydigan ustoz va murabbiylarimizga yaqinlashib kelayotgan kasb bayramingiz muborak boʼlsin, deymiz!











Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling