“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni baholash” hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 25-26 may kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Toshkent viloyati Chirchiq filialida oʼtkazildi.
“Woman in business SА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan.

Oʼtkazilayotgan bu kabi tadbirlarning negizida jamiyatimizning nozik xilqat egalariga har jabhada imkoniyat berish orqali vatanimiz farovonligini oshirishdir.
“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.