Ipoteka bank OTP Group rasmiy bayonoti

Ipoteka bank OTP Group xodimimiz Qozoqov Qahramon Abdullayevichning vafoti munosabati bilan chuqur va samimiy hamdardlik bildirib, uning oilasi va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi. Biz yuz bergan fojiali holatdan chuqur qayg‘udamiz va ularning og‘ir qayg‘usini qalbdan his etamiz.

Bank rahbariyati vafot etgan xodimning oilasiga ichki normativ hujjatlarga muvofiq moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Xususan, oilaga boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan taxminan 44,5 mln so‘m miqdorida moddiy yordam to‘lanadi.

Qo‘shimcha ravishda, yillik bonus sifatida oilaga 38 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lanadi.

Shuningdek, hamdardlik va oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank vafot etgan xodimning 257 mln so‘mdan ortiq ipoteka qarzini to‘liq qoplash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ipoteka bank OTP Group Qozoqov Qahramon Abdullayevichning bank rivojiga qo‘shgan hissasi uchun chin dildan minnatdorlik bildiradi va yana bir bor uning oilasi, yaqinlari va do‘stlariga chuqur hamdardligini izhor qiladi.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling