Milliy valyutadagi omonatlar boʼyicha yangilik

Hurmatli Ipoteka-bank omonatchilari!

Sizlarga bugunda bankimizdagi mavjud  muddatli omonatlar (milliy valyutadagi) boʼyicha kiritilayotgan quyidagi oʼzgarishlarni maʼlum qilamiz.

Joriy yil 1 apreldan boshlab omonat muddati yakunlanayotgan omonatchilarga (online omonatlar bundan mustasno), bankimiz tomonidan
  •  bank filiallariga tashrif buyurmasdan;
  •  hech qanday ariza bilan murojaat qilmasdan;
  •  bir tomonlama omonatlar muddatini ikki oyga (aprel, may oyida muddati keladigan omonatlar)  uzaytirish imkoniyati taqdim qilinadi.
Bunda, uzaytirilgan muddat uchun ham omonat foizlari shartnomada koʼrsatilgan stavkalarda saqlab qolinadi.
 
Siz, karantin shartlari tugaganidan keyin istalgan davrda kelib omonatingizni olishingiz mumkin boʼladi va ushbu davr uchun hisoblangan foizlar ham qoʼshib toʼlanadi.

Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail