OneID: Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi — har doim ustuvor vazifa
Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik madaniyati juda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumotlarni himoya qilish maqsadida qo‘shimcha choralar joriy etildi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlaringizga boshqa tizimlar tomonidan kirish huquqini berish yoki cheklash imkoniyati sizning roziligingiz asosida amalga oshiriladi.
Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa tizimlar va tashkilotlarga (banklar, moliyaviy, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqa) uzatmoqchi bo‘lsangiz, OneID tizimidan foydalanishingiz mumkin:
Kompyuterdan https://id.egov.uz saytiga o‘ting.
Agar tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘ting.
Saytda mavjud usullar yordamida tizimga kiring.
“Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limida Elektron Raqamli Imzo (ERI) yoki Mobile-ID orqali xizmatni faollashtiring.
Kerakli tashkilot yonidagi qulflash belgisini oching yoki yoping.
Maslahat: Agar siz QR-kod yordamida OneID tizimiga kirishni tanlasangiz, “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limi avtomatik faollashadi:
OneID ilovasini Google Playdan yuklab oling
OneID ilovasini App Storedan yuklab oling
Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor autentifikatsiyadan o‘ting.
Ilova pastidagi skaner tugmasini bosing va kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlash orqali tizimga kiring.
Hurmatli foydalanuvchilar!
Ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu ortiqcha noqulaylik emas, balki kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usullaridan biridir. Xavfsizligingizga mas’uliyat bilan yondoshing.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz sizning nazoratingizda!