Davlatimiz rahbarining “Orient Ceramic” MChJ ga tashrifi

Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoev kuni kecha bankimizning yirik   mijozlaridan biri bo‘lgan “Orient Ceramic” MChJ korxonasiga tashrif buyurdilar.



Korxonada ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan keramogranit mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik uskunalarini xarid qilish va korxona faoliyatini kengaytirishga bank tomonidan 4,0 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Import o‘rnini bosuvchi eksportbop mazkur mahsulot deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanishi bilan ham ahamiyatlidir. Shu bois, bu erda ishlab chiqilayotgan kafellar xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorda taklif etilmoqda. Ayni vaqtda bu erda 270 dan ortiq mutaxassis va ishchilar mehnat qilmoqdalar.



Ipoteka-bank o‘z mijozlarini doimo moliyaviy qo‘llab-quvatlab, ularga yaqindan amaliy yordam berishni va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi.



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail