Toshkent jahon dzyudosining markaziga aylanmoqda: 27-fevraldan 1-martga qadar Humo Arena sport majmuasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) rejasiga muvofiq OTP Group Grand Slam 2026 xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Grand Slam qatoriga kiruvchi ushbu turnir IJF Jahon turining eng nufuzli bosqichlaridan biri sanalib, olimpiya saralash jarayoni doirasida sportchilarning jahon reytingini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
OTP Group ikkinchi yil ketma-ket turnirning bosh homiysi sifatida ishtirok etib, sportni rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda xalqaro tashabbuslarni ilgari surishga sodiqligini yana bir bor namoyon etmoqda.
Tatamiga 40 ta davlatdan 400 nafardan ortiq sportchilar bellashadi. Uch kunlik musobaqa davomida erkaklar va ayollar o‘rtasida jami 14 ta medallar to‘plami uchun kurash olib boriladi:
• 14 ta oltin medal
• 14 ta kumush medal
• 28 ta bronza medal
Har bir bahs jahon dzyudo tarixining navbatdagi sahifasiga aylanishi kutilmoqda. Tomoshabinlarni dunyo miqyosidagi shiddatli bellashuvlar, xarakterlar to‘qnashuvi va yuksak sport ruhining betakror muhiti qarshilaydi.
«Biz uchun Grand Slam musobaqasida qatnashish — bu nafaqat sport va yosh atletlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati, balki O‘zbekistonda o‘tayotgan yirik xalqaro voqeaning ajralmas qismiga aylanishdir», — dedi Ipoteka-bank OTP Group Boshqaruvi Raisi Sandro Rtveladze.
Ma’lumot uchun: OTP Group Toshkentda o‘tayotgan Grand Slam turniri va boshqa muhim xalqaro sport tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqda. 2025 yilda O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tkazilgan Grand Slam musobaqasida 12 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoaviy hisobda uchinchi o‘rinni egallagan edi. Bu natija milliy dzyudo maktabining yuqori tayyorgarlik darajasini yana bir bor isbotlaydi.