Hurmatli mijozlar! 2026-yil 2-martdan boshlab “DaroMax” depozit mahsuloti bo‘yicha yillik foiz stavkalari yangilanadi.
Milliy valyutada:Foizlar har oyda to‘langanda mobil ilova orqali rasmiylashtirilganda yillik 18,5%, bank bo‘limlarida rasmiylashtirilganda yillik 18,0%ni tashkil etadi. Foizlar muddat oxirida to‘langanda mobil ilova orqali rasmiylashtirilganda yillik 21%, bank bo‘limlarida rasmiylashtirilganda yillik 20,5% etib belgilanadi.
Xorijiy valyutada (USD):40 000 USDdan ortiq omonatlar bo‘yicha foizlar har oyda to‘langanda yillik 4,1%, muddat oxirida to‘langanda yillik 4,5%ni tashkil etadi. 40 000 USDgacha bo‘lgan omonatlar bo‘yicha foizlar har oyda to‘langanda yillik 3,9%, muddat oxirida to‘langanda yillik 4,3%ni tashkil etadi.
Xorijiy valyutada (EURO):40 000 EUROdan ortiq omonatlar bo‘yicha foizlar har oyda to‘langanda yillik 3,1%, muddat oxirida to‘langanda yillik 3,5%ni tashkil etadi. 40 000 EUROgacha bo‘lgan omonatlar bo‘yicha foizlar har oyda to‘langanda yillik 2,9%, muddat oxirida to‘langanda yillik 3,3%ni tashkil etadi.
Muddatidan oldin bekor qilish shartlari ham o‘zgartiriladi, batafsil ma’lumotlar mahsulot pasportida keltirilgan.