Toshkent yana bir bor o‘zining jahon miqyosidagi sport markazi maqomini isbotladi. OTP Group’ning bosh homiyligida 27-fevral – 1-mart kunlari Humo Arena’da dzyudo bo‘yicha eng nufuzli “Katta Dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi Tashkent Grand Slam 2026 musobaqasi o‘tkazildi. Turnirda 39 davlatdan deyarli 400 nafar dzyudochi qatnashib, musobaqaning yuqori xalqaro darajasini namoyon etdi.
OTP Group ketma-ket ikkinchi yil Grand Slam musobaqasining bosh homiysi sifatida professional sport taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda va Toshkentning jahon dzyudo markazlaridan biri sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlab bormoqda..
Uch kunlik keskin bellashuvlar davomida sportchilar medallar va reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Oltin medal (57 kg) — Shukurjon Aminova
- Kumush medallar — Ernazar Sarsenbayev (100 kg), Alisher Yusupov (+100 kg)
- Bronza medal — Umida Nigmatova (+78 kg)
O‘zbekiston sportchilarining bunday sermahsul natijalari ularning yuqori mahorati va yangi avlodning kuchli salohiyatidan dalolat beradi.
Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi Sandro Rtveladze turnirda shaxsan ishtirok etib, Grand Slam doirasidagi rasmiy tadbirlarda qatnashdi: “Bunday yirik sport musobaqasining bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf. Toshkentning jahon sport xaritasidagi o‘rnining mustahkamlanayotganini ko‘rib quvonaman. Barcha sovrindorlarni, ayniqsa O‘zbekiston terma jamoasini munosib g‘alabalari bilan tabriklayman.OTP Group’ning Grand Slam’dagi ishtiroki — yosh dzyudochilarni qo‘llab-quvvatlash va xalqlar hamda madaniyatlarni birlashtiruvchi nufuzli tadbirga hissa qo‘shish imkoniyatidir.”
Xalqaro mutaxassislar va sportchilar fikriga ko‘ra, musobaqa yuqori darajada tashkil etilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning global sport maydonidagi mavqeini yanada kuchaytirdi va kelgusi turnirlar uchun yangi standartlarni belgiladi.