Ipoteka bank OTP Group x Uzbekneftegaz
 Ipotekа bank OTP Group energetika sohasidagi  oʻrnini mustahkamlash va moliyaviy aloqalarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekneftegaz” AJ bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisidagi bosh kelishuvni imzoladi. Oʼzaro manfaatli kelishuv doirasida 3 yil muddatga qiymati 60,0 mln АQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi ko’zlanmoqda.

Oʻzbekneftegaz mamlakatimiz ichki bozorini tabiiy gaz bilan ta'minlash, yuqori sifatli neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, neft va gazni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, qayta ishlangan neft mahsulotlarini xalqaro bozorga eksport qilishni oʻz ichiga oladi.

— Ushbu moliyalashtirish kelishuvi asosida energetika sohasidagi muhim islohotlarni yuksaltirish, shu orqali mamlakatimizda  olib borilayotgan iqtisodiy маni yanada rivojlantirish koʻzlangan. Ipoteka bank OTP Group AJ “O‘zbekneftgaz”ning eng yirik mahalliy xususiy bank hamkoriga aylanganidan faxrlanadi», – deydi Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi Raisi maslahatchisi Irakliy Elashvili.

Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail