Asosiy vositalarni sotib olish uchun

Asosiy vositalarni sotib olish uchun

Arizani rasmiylashtirish

Uzoq muddatlar

Imtiyozli davr

Moslashuvchan dastlabki to‘lov



Mijoz
Bankning mavjud va potentsial mijozlari (mikro va kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar)
Kredit maqsadi
Asosiy vositalarni xarid qilish (shu jumladan onlayn nazorat-kassa texnikasini xarid qilish)
Kredit foizi (%) yillik
24% dan
Kredit maksimal summasi
1) Yuridik shaxslar uchun - 2 600,0 mln.so‘mgacha (onlayn nazorat-kassa mashinasi sotib olish uchun 5 mln. so‘mgacha);
2) Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - 1 300,0 mln.so‘mgacha.
Mijozning jami majburiyatlari mazkur summalardan oshmasligi lozim
Valyuta
Milliy valyutada
Kredit maksimal muddati
Loyihadan kelib chiqib 60 oygacha (onlayn nazorat-kassa mashinasi sotib olish uchun 12 oygacha)
Boshlang‘ich badal
20% dan boshlab
Kredit ta'minoti
Yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli likvid ko‘chmas mulklar va transport vositalari garovi (asosiy ta’minotlar rasmiylashtirilgunga qadar ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta polisi qabul qilinishi mumkin).
(Onlayn nazorat-kassa mashinasi sotib olish uchun jismoniy shaxs kafilligi asosida)
Imtiyozli davr
2 oygacha
Yuridik shaxslar uchun:
  • Ariza;
  • Qarzni olish bo‘yicha qarzdorning vakolatli organi qarori. Qarzdorning tashkil etuvchi hujjatlarining oxirgi o‘zgarishlari nusxasi (vakolatlarni tekshirish uchun);
  • Davlat soliq xizmatiga taqdim etilgan so‘nggi buxgalteriya hisobotlari;
  • Agar qarzdorning boshqa kredit tashkilotlaridagi (banklardagi) hisob raqamlari va majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ushbu tashkilot (bank) ma’lumotnomasi;
  • Shartnomalar (kontraktlar) nusxalari;
  • Biznes faoliyati uchun mo‘ljallangan savdo yoki ishlab chiqarish joyi hujjatlari;
  • Biznes-reja yoki TIA loyihasi;
  • Agar qarz uskunalar sotib olish uchun berilsa — shu uskunaga mos raqobatchi taqqoslash jadvali (narx, ishlab chiqarish quvvati va h.k.);
  • Agar qarz ko‘chmas mulk sotib olish uchun berilsa — mulk huquqi guvohnomasi;
  • Agar qarz qurilish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari uchun berilsa — to‘liq qurilish hujjatlari paketi;
  • Ta’minot hujjatlari.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
  • Ariza;
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasining nusxasi;
  • Shartnomalar (kontraktlar) nusxalari (savdo faoliyati bundan mustasno);
  • Agar qarz ko‘chmas mulk sotib olish uchun berilsa — mulk huquqi guvohnomasi (hujjat);
  • Agar qarz uskunalar sotib olish uchun berilsa — shu uskunaga mos raqobatchi taqqoslash jadvali (narx, ishlab chiqarish quvvati va h.k.);
  • Biznes-reja;
  • Agar qarzdorning boshqa kredit tashkilotlaridagi (banklardagi) hisob raqamlari va majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ushbu tashkilot (bank) ma’lumotnomasi;
  • Ta’minot hujjatlari.

To‘lovni hisoblang

1 млн 1 млрд
1 млн 1 млрд
Foiz stavkasi: %
O'rtacha oylik to'lov
1 489 200 cумов
Hisob-kitob taxminiy. Aniq shartlar — rasmiylashtirish vaqtida
Ariza qoldirish

Arizani to‘ldiring — va biz siz uchun eng yaxshi yechimni tanlab beramiz.