Savdoni moliyalashtirish xizmatlari
Korporativ mijozlarning xalqaro operatsiyalari uchun zamonaviy yechimlar
Ipoteka Bank, O‘zbekiston Respublikasining yetakchi moliyaviy institutlaridan biri va xalqaro OTP Group (Vengriya) tarkibiga kiruvchi bank sifatida, korporativ mijozlarga savdo moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos va ilg‘or amaliyotlar asosida ishlab chiqilgan keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi.
Biz yetakchi xalqaro banklar bilan hamkorlik qilamiz va mijozlarimizga hujjatli akkreditivlar, Post-moliyalashtirish va kafolatlar kabi tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning yuqori ishonchli va samarali mexanizmlaridan foydalanish imkonini beramiz.
Ipoteka Bankning «Savdoni moliyalashtirish Departamenti» barcha operatsiyalarni quyidagilarga asoslanib amalga oshiradi:
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlari;
-
Xalqaro standartlar va tavsiyalar:
-
UCP 600 – Dokumentar akkreditivlar bo‘yicha yagona qoidalar;
-
URDG 758 – Talab bo‘yicha kafolatlar uchun yagona qoidalar;
-
INCOTERMS 2010.
Bu esa mijozlarga jarayonlarning shaffofligi, manfaatlarining himoyasi va xizmat sifati kafolatlanishini ta’minlaydi.
- Muqobil va iqtisodiy jihatdan samarali moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lish
- Tovar yetkazilmasligi xavfini kamaytirish
- Oldindan to‘lovlar zaruratining kamayishi Aylanma mablag‘larni saqlab qolish — o‘z mablag‘laridan foydalanish hamda oldindan to‘lovlarni amalga oshirish zaruratini minimallashtiradi.
- Xalqaro amaliyotlarga moslik Barcha operatsiyalar xalqaro qoidalar asosida amalga oshiriladi, bu esa xorijiy hamkorlar ishonchini oshiradi.
- Ekportchiga 100% to‘lovning xorijiy bank tomonidan yuk jo‘natilgandan so‘ng amalga oshirilishi Importer aylanma mablag‘larini saqlab qoladi, eksportchi esa tez fursatda kafolatlangan to‘lov oladi.
- Hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash Hujjatli kuzatuv jarayonning shaffof bo‘lishini ta’minlaydi va uzoq muddatli hamkorlikka xizmat qiladi.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli loyihalarni sezilarli darajada likvidlikni yo'naltirmasdan amalga oshirish imkonini beradi. Xorijiy banklar resurslari jalb etilishi hisobiga an’anaviy kreditga nisbatan arzonroq.
To‘lov faqat hujjatlar shartlarga mos bo‘lganda amalga oshiriladi.
Bank korporativ mijozlarning arizasi asosida ularning biznes hamkorlari va boshqa moliya institulari oldidagi majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan to‘lov talabi qo‘yilganda belgilangan miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha yozma majburiyat berish orqali bank kafolati taqdim qiladi. Bank kafolati mijozlarning biznes hamkorlari uchun shartnoma shartlari bo'yicha majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydi. Bank kafolati bitimlarni yanada ishonchli qilib, biznes va moliyaviy munosabatlarni rivojlanishini ta'minlaydi.
Bank kafolatlarining asosiy turlariga toʻlov kafolatlari, shartnoma shartlarini bajarish kafolati, avans toʻlovlarini qaytarish kafolatlari, tender kafolatlari va bojxona to'lovlari kafolatlari kiradi.
Kelishuvning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi
| Benefitsiar | Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi |
| Miqdori | Tuzilgan shartnomaga muvofiq |
| Valyuta | O‘zbek so‘mi, AQSh dollari, Euro |
| Davr | Shartnoma shartlariga muvofiq |
| Komissiya | Bankning foiz siyosatiga muvofiq |
| To'lov muddati | Kafolat muddati davomida har 3 oyda |
| Garov | Avtomobil, Ko'chmas mulk, Uskunalar |
Kafolat olish uchun Mijoz tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak
- Muddati o'tgan kreditorlik qarzining yo'qligi
- Oxirgi uch moliyaviy yil uchun ijobiy auditorlik xulosasiga
- Ijobiy kredit tarixi
Kafolat olish uchun talab qilinadigan hujjatlar odatda quyidagilarni o'z ichiga oladi
- Kafolat uchun ariza
- Biznes-reja
- Moliyaviy hisobotlar
- Garov hujjatlari
Bank zarur bo'lganda, qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
- Jahonning eng yirik banklari bilan xalqaro tajriba va hamkorlik;
- Operatsiyalarning yuqori xavfsizligi va ishonchliligi;
- Moliyalashtirish tuzilmasiga individual yondashuv;
- Tashqi savdo operatsiyalarining barcha bosqichlarida qo‘llab-quvvatlash.
- Xaridor va sotuvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi.
- Xaridor Ipoteka Bankka akkreditiv ochish uchun ariza topshiradi.
- Ipoteka Bank akkreditivni kelishadi va chiqaradi.
- Tasdiqlovchi (moliyalashtiruvchi) bank o‘z tasdig‘ini qo‘shadi.
- Sotuvchining banki akkreditiv ochilgani haqida xabarnoma beradi.
- Sotuvchi shartnoma asosida tovarni jo‘natadi.
- Sotuvchi hujjatlarni o‘z bankiga taqdim etadi. Hujjatlar tasdiqlovchi (moliyalashtiruvchi) bankka tekshirish uchun yuboriladi.
- Hujjatlar akkreditiv shartlariga muvofiqligi tasdiqlangandan so'ng, tasdiqlovchi (moliyalashtiruvchi) bank Sotuvchiga to'lovni amalga oshiradi.
- Tasdiqlovchi (moliyalashtiruvchi) bank hujjatlar va xabarnomani emitent bankka yuboradi.
- Ipoteka Bank hujjatlarni tekshiradi va Xaridorga topshiradi.
- Xaridor moliyalashtirish muddati tugagandan so‘ng asosiy qarz va foizlarni to‘laydi.
- Mijozning moliyalashtirish olish bo‘yicha arizasi;
- Akkreditiv sharti ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi;
- Biznes-reja;
- Moliyaviy hisobotlar;
- Garov ta’minoti hujjatlari;
- Akkreditiv ochish uchun ariza.
- Bank zaruratga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar so‘rashi mumkin.
- Moliyalashtirish muddati: 1 yildan 3 yilgacha (tovar turiga qarab);
- Valyuta: USD, EUR (boshqa valyutalar kelishuv asosida);
- Ta’minot: akkreditiv summasining kamida 125% garov bilan ta’minlanadi;
- Qaytarish: asosiy qarz, foiz va komissiyalar moliyalashtirish muddati tugagandan so'ng bir martalik to'lov sifatida yoki kelishilgan boshqa jadvalga muvofiq (yarim yilda bir marta/yilda bir marta) qaytariladi.
- Akkreditiv ochish komissiyasi: bank tariflariga muvofiq akkreditiv summasining 1% miqdorida bir martalik to'lov.
- Bank marjasi: loyiha parametrlariga qarab yiliga 2% dan boshlab;
- Xorijiy bank stavkasi: har bir loyiha bo‘yicha individual belgilanadi.
Foiz stavkasi kredit manbalarining shartlariga, shuningdek, bankning amaldagi foiz stavkalari o'zgarganda o'zgarishi mumkin.