Bank kafolatlari

Bank korporativ mijozlarning arizasi asosida ularning biznes hamkorlari va boshqa moliya institulari oldidagi majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan to‘lov talabi qo‘yilganda belgilangan miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha yozma majburiyat berish orqali bank kafolati taqdim qiladi. Bank kafolati mijozlarning biznes hamkorlari uchun shartnoma shartlari bo'yicha majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydi. Bank kafolati bitimlarni yanada ishonchli qilib, biznes va moliyaviy munosabatlarni rivojlanishini ta'minlaydi.

Bank kafolatlarining asosiy turlariga toʻlov kafolatlari, shartnoma shartlarini bajarish kafolati, avans toʻlovlarini qaytarish kafolatlari, tender kafolatlari va bojxona to'lovlari kafolatlari kiradi.

Kelishuvning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi

Benefitsiar Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi
Miqdori Tuzilgan shartnomaga muvofiq
Valyuta O‘zbek so‘mi, AQSh dollari, Euro
Davr Shartnoma shartlariga muvofiq
Komissiya Bankning foiz siyosatiga muvofiq
To'lov muddati Kafolat muddati davomida har 3 oyda
Garov Avtomobil, Ko'chmas mulk, Uskunalar

Kafolat olish uchun Mijoz tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak

  • Muddati o'tgan kreditorlik qarzining yo'qligi
  • Oxirgi uch moliyaviy yil uchun ijobiy auditorlik xulosasiga
  • Ijobiy kredit tarixi

Kafolat olish uchun talab qilinadigan hujjatlar odatda quyidagilarni o'z ichiga oladi

  • Kafolat uchun ariza
  • Biznes-reja
  • Moliyaviy hisobotlar
  • Garov hujjatlari

Bank zarur bo'lganda, qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Qayta aloqa uchun so‘rov qoldiring


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail