ESMS taqiq ro’yxati
Bank quyidagi faoliyat turlari bilan bog’liq kredit/loyihalarni moliyalashtirmaydi:
- Mamlakat qonunlariga yoki xalqaro konvensiyalarga zid hisoblangan faoliyat yoki mahsulotlar (farmatsevtika, pestitsid/gerbitsid, ozonni yemiruvchi moddalar, PCB, CITES bo’yicha nazorat qilinadigan yovvoyi hayvonlar, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, chiqindilarni noqonuniy olib o’tish).
- Qurol-yarog’ (mina, biologik, kimyoviy, yadroviy qurol, yadro yoqilg’isi va h.k.) ishlab chiqarish yoki savdo, o’q-dori, jangovar texnika ishlab chiqarish.
- Yadro yoqilg’isini qayta ishlash.
- Spirtli ichimliklar (pivo va vino bundan mustasno) ishlab chiqarish/savdo[1].
- Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish/savdo[1].
- Qimor o’yinlari, kazino va shunga o’xshash faoliyatlar[2].
- Radioaktiv materiallar ishlab chiqarish/savdo (tibbiyot va o’lchash uskunalaridan tashqari, manba ahamiyatsiz/etarlik darajada himoyalangan).
- Asbest tolalari (faqat 20% dan kam miqdordagi yelimlangan asbest sementi bundan mustasno).
- Dengizda 2,5 km dan uzun to’r bilan baliq ovlash.
- Majburiy mehnat[3] / bolalar mehnatining zararli shakllari[4].
- O’rmon xo’jaligi va daraxt kesish.
- Barqaror boshqarilmagan o’rmon mahsulotlari savdosi/ishlab chiqarishi.
- Ko’mirga oid loyihalar (qazib olish, tashish, elektr stansiyalari va infratuzilma).
- A’zolik tashkilotlari va xalqaro hududdan tashqari organlar faoliyati.
- Litsenziyasiz eksport/import savdosi.
- Biologik xilma-xillik va madaniy merosni himoya qilishga zid faoliyatlar.
- IMO talablariga javob bermaydigan tankerlar orqali neft/havfli moddalar tashish.
- Moyli hayvonlarni faqat mo’yna uchun saqlash yoki mo’yna ishlab chiqarish faoliyati.
- Simob va simob birikmalarini eksport qilish, simobli mahsulotlar ishlab chiqarish/import.
Barqaror moliyalashtirish quyidagi holatlarga ega tashkilotlarga taqdim etilmaydi:
- (i) o’tgan yilda energiya/daromadining 20% dan ortig’ini ko’mirdan olgan
- (ii) 5000 MW dan ortiq o’rnatilgan quvvatga ega
- (iii) 10 mln tonnadan ortiq ko’mir ishlab chiqargan. Agar maqsad SFF talablariga mos bo’lsa, moliyalashtirish mumkin
Izohlar:
[1] Bank spirtli ichimliklar/tamaki faoliyatini faqat hamkorlar bilan kelishilgan cheklov doirasida moliyalashtirishi mumkin.
[2] Qimor va kazino asosiy faoliyat bo’lishi mumkin emas; daromad ≤20% umumiy tushumdan.
[3] Majburiy mehnat – jazoga tahdid ostida majburan bajarilgan ish.
[4] Bolalar mehnatining zararli shakli – salomatlik, ta’lim va rivojlanishga xavf tug’diradigan ekspluatatsion mehnat.