Daraxtlarni asrang — qogʻoz cheklarini behuda chop etmang: Tabiatni muhofaza etgan holda bankomatlarni yangilayapmiz.
Nashr etilgan: 15 avgust, 2025
Ipoteka Bank OTP Group ekologiyaga gʻamxoʻrlik bilan, barqaror kelajakka intilmoqda. Qog‘oz sarfini kamaytirish va atrof-muhitnii asrash dasturi doirasida bank bankomatlarining uchdan bir qismida yangi fon rasmlari va yangilangan ekranlari joriy etildi.
Endilikda amaliyotlarni bajarish jarayonida sizga iltifotli eslatma taqdim etiladi: chekni chop etish yoki undan voz kechish tanlovidan birini amalga oshirishingiz kerak bo’ladi.
Qogʻoz chekidan voz kechish — tabiat boyliklarini asrash va atrof-muhitga gʻamxoʻrlik qilish yoʻlidagi kichik, ammo muhim qadamdir.
Yaqin kunlarda barcha bankomatlarimizni yangilaymiz va har bir mijozlarimiz tabiatni himoya qilishga oʻz hissasini qoʻshish imkoniga ega boʻladi.
Keling, dunyoni birgalikda muhofaza qilamiz!