Yetakchi ayol tadbirkorlar: Ipoteka Bank OTP Group, HAMROH va ALPHA biznes-nonushta turkumini yo‘lga qo‘ydi

Nashr etilgan: 2 dekabr, 2025

Ipoteka Bank OTP Group HAMROH va ALPHA bilan hamkorlikda ayol tadbirkorlar hamda yetakchi ayollarning loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-nonushtalar turkumini boshladi. Tadbirning asosiy maqsadi — tadbirkorlikka oid dolzarb masalalarni muhokama qilish va tajriba almashish maydonini kengaytirish, shuningdek sohada uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Dastlabki uchrashuvda 50 dan ortiq yetakchi ayol va tadbirkorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida iqtisodiy o‘sishdagi to‘siqlarni yengish hamda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali yondashuvlar muhokama qilindi. uchun muhim voqea bo‘ldi. Tadbir muhokamalari, ma’ruzalar va tajriba almashish amaliyoti ishtirokchilarga biznesni kengaytirish bo’yicha zaruriy ma’lumotlar olish imkonini berdi.

Ipoteka Bank OTP Group HR direktori Venera Yerzina o‘z ma’ruzasida yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatga ta’siri haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, biznesni kengaytirish jarayoni investitsiyalardan emas, balki to‘g‘ri tafakkurdan boshlanadi:«Ayol o‘z g‘oyalariga ishonch bilan yondashsa va bilim, jamoa hamda qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lsa, uning biznesi kutilganidan tez rivojlanadi. Ayollar bir vaqtning o‘zida bir nechta rollarni bajaradi — oila, ish, yetakchilik — va aynan shu qobiliyat ularni yetakchilikka olib chiqadi».

Kelajakda “Yetakchi ayol tadbirkorlar: rivojlanish va o’sish imkoniyatlari” nomli biznes-nonushtalar turkumi o’z faoliyatini davom ettiradi. Ushbu loyiha yetakchi ayollarga loyihalarini rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish yo‘lida noyob imkoniyat yaratadi.