Ipoteka bank OTP Group Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdan tashqari majlisida taʼlim amaliyotlari platformasini namoyish etdi

Nashr etilgan: 27 noyabr, 2025

Qisqartmasi:


Ipoteka bank OTP Group Xorijiy investorlar kengashida taʼlim amaliyotlari platformasini namoyish etdi.

Ipoteka bank OTP Group Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdan tashqari majlisida mamlakat uchun muhim tashabbus — oʻzbekistonlik talabalar uchun milliy raqamli amaliyot platformasini ishlab chiqish taklifini berdi.

Tashabbusning asosiy vazifasi — taʼlim va biznes oʻrtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun amaliy tajribaga kirish imkonini kengaytirish va tashkilotlarga malakali yosh mutaxassislarni aniqlashda qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

«Mamlakatning barqaror strategiyasi inson omillaridan boshlanadi. Biz Oʻzbekistonning kelajagi kasbiy faoliyatda ilk qadamlarini qoʻyayotgan isteʼdodli yoshlar orqali qurilishiga ishonamiz. Amalga oshirilayotgan tashabbuslar yoshlar qoʻyayotgan qadamlarini ishonchli, imkoniyatlarini shaffof qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir», — taʼkidladi Ipoteka bank OTP Group HR direktori Venera Yerzina.

Platforma talabalar, oliy taʼlim muassasalari va ish beruvchilar uchun yagona raqamli makonga aylanishi kutilmoqda. Unda talabalar amaliyot oʻtash joyini aniqlashi, koʻnikmalarini baholashdan oʻtishi va oʻz rivojlanishini kuzatib borishi, tashkilotlar esa oʻz navbatida, tayyor tahlildan foydalangan holda nomzodlar bazasini koʻzdan kechirish imkoniga ega boʻladi.

Bugungi kunda platformaning asosiy tuzilmasi, bazaviy mezonlari ishlab chiqilgan, shuningdek, loyiha doirasida tadqiqotlar oʻtkazilib, amaldagi amaliyotlar katalogi shakllantirilgan. Yaratiladigan platforma oʻz ichiga talabalar haqidagi maʼlumotnoma, saralash imkonini beruvchi amaliyotlar katalogi, tashkilotlarga eʼlon qilish va murojaatlarni boshqarish vazifalarini oladi.

Shu bilan birga, Ipoteka bank OTP Group tomonidan yuqori malakali texnik amaliyot jamgʻarmasi hamda uzluksiz taʼlim dasturlarini joriy etish taklifi ham berilgan. Ushbu tashabbuslar iqtisodiyotning istiqbolli sohalarida yosh mutaxassislarni amaliy tayyorlashning yana bir muhim vositasiga aylanadi.

Ipoteka bank OTP Group amaliyotlar platformasini yaratilishi mamlakatda zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirishda muhim qadam boʻlishi, isteʼdodli yoshlarning salohiyatini toʻliq namoyon etish va Oʻzbekiston iqtisodiyotining kadrlar asosini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonadi.