Ipoteka Bank OTP Group 2025 yilning birinchi yarim yilligi uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi

Nashr etilgan: 7 avgust, 2025

Ipoteka Bank OTP Group 2025 yilning birinchi yarim yilligi bo’yicha moliyaviy natijalarini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiq taqdim etdi. Bank ko‘rsatkichlari kreditlashdagi ijobiy dinamikani, barqaror moliyalash bazasini hamda raqamli infratuzilma va operatsion imkoniyatlarga sarmoya kiritishni davom ettirgan holda yuqori daromadlilikni aks ettiradi.

Ipoteka Bank OTP Group'ning 2025 yil birinchi yarim yilligi bo’yicha asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari:

∙ Sof foyda: 927,6 milliard so‘m (73,3 million AQSH dollariga teng)

∙ Kapital rentabelligi (ROE): 23,5%

∙ Aktivlar rentabelligi (ROA): 3,6%

∙ Risk qiymati : 0,04%

2025 yil iyun oyida Ipoteka Bank 2024 yil martidan beri birinchi bor iste’mol kreditlari bozorida ulushini oshirdi. Bu natija bankning IT infratuzilmasi va kredit xavflarini baholash tizimlaridagi takomillashtirishlar hisobiga to’g’ri keladi.

Ipoteka Bank OTP Group O‘zbekistonda chakana xizmatlari bo‘yicha eng yirik moliyaviy tashkilotlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Erishilgan natijalar operatsion boshqaruvning barqarorligi va bankning mamlakat moliya sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishini tasdiqlaydi.

Umuman hisobda, OTP Group 2025 yilning yarim yilligi bo‘yicha ijobiy moliyaviy natijalarni namoyish etdi: Guruh sof foydasi 1,46 milliard yevroni tashkil etmoqda va shaxsiy kapitalining rentabelligi (ROE) 23,2%ga yetgan.