Ipoteka Bank OTP Group O‘zbekiston bank sektorida kapital miqdori bo‘yicha eng yirik xususiy bank sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda
Nashr etilgan: 12 avgust, 2025
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 1 iyul holati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklarining umumiy jamg‘armasi 125,29 trln so‘mni tashkil etgan, bu yil davomida o‘rta hisobda 20% ga oshganidan dalolat beradi.
Xususiy banklar orasida Ipoteka Bank OTP Group 6,94 trln so‘mlik kapital bilan yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda, bu bankning ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yirik xususiy moliyaviy tashkilot sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.
Ipoteka Bank OTP Group kapitalining o‘sishi barqaror moliyaviy rivojlanish, samarali boshqaruv, mijozlar va sheriklar ishonchini aks ettiradi. Bank zamonaviy raqamli yechimlarni faol joriy etishda, mahsulotlar qatoriga yangiliklar kiritish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
«Biz kapital o‘sishini bankning barqarorligi va salohiyati ko‘rsatkichi sifatida qaraymiz. Asosiy vazifamiz — xususiy banklar orasidagi yetakchi o‘rinni saqlab qolish bilan birga, mijozlarga innovatsion va ishonchli moliyaviy yechimlarni taklif etishdan iborat», — dedi Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruvi raisi Sandro Rtveladze.