Nashr etilgan: 1 dekabr, 2025
Ipoteka bank OTP Group “Oson” ipoteka kreditini 17% gacha bo‘lgan mavsumiy foiz stavkasi bilan taklif qiladi.
Dastur boshlang‘ich to‘lov atigi 15% bo‘lgan qulay shartlarda taqdim etiladi, bu esa yangi uyini rejalashtirayotganlar uchun yanada oson imkon yaratadi.
“Oson” — g‘amxo‘rlik bilan yaratilgan ipoteka
Dastur birlamchi bozordan uy xarid qilmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. U yosh oilalar, rasmiy ishlovchilar va o‘zini o‘zi band qilgan mijozlar uchun qulay. Onlayn ariza topshirish, minimal rasmiyatchilik va aniq shartlar kredit rasmiylashtirish jarayonini yanada soddalashtiradi.
«Uy — bu hayotning yangi sahifasi. Yosh oilalarning o‘z makoni, qulaylik va ishonch qidirayotganini ko‘ryapmiz. 17% gacha bo‘lgan stavka — bizning Yangi yil sovg‘amiz va o‘z uyingizga yaqinlashish uchun haqiqiy imkoniyat», — dedi Ipoteka bank OTP Group Ipoteka mahsulotlari direksiyasi direktori Artyom Sarkisyan.
Nima uchun Yangi yil oldidan “Oson” eng maqbul tanlov?- 17% gacha stavka — mavsumiy taklif
- boshlang‘ich to‘lov — atigi 15%
- rasmiylashtirish onlayn yoki filiallarda — mijozga qulay usulda
- shaffof va sodda shartlar
- yosh oilalar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun mos
Ariza berish tartibi qanday?
Ipoteka bank OTP Group filiallariga murojaat qilishingiz yoki aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (78) 150-89-13
Yangi yilni o‘z uyingiz sari qo‘yilgan ishonchli qadam bilan boshlang. “Oson” orzudagi uyga eltuvchi yo‘lni yanada yengillashtiradi.
Aksiya 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.