UZCARD
Naqd pulsiz to‘lovlar, pul o‘tkazmalar va moliyaviy mablag‘larni xavfsiz boshqarish uchun mo‘ljallangan universal karta.
Valyuta
UZS
Depozit
Yo‘q
Karta ochish komissiyasi
50 000 so‘m
- Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
- Ariza
- Mijoz va bank o‘rtasidagi shartnoma (oferta)
- O‘zbekiston Respublikasi hududida POS to‘lovlar
- Bank va to‘lov tashkilotlari ilovalari orqali to‘lovlar va operatsiyalar
- O‘zbekiston Respublikasi hududida E-com to‘lovlar
- Naqd pul yechish va kiritish, shuningdek, bankomatlar orqali to‘lovlar
- Chiqarish – 50 000 so’m
- Qayta chiqarish – 50 000 so’m
- Bank veb-sayti orqali
- Bank filialiga murojaat qilish orqali
Ipoteka Bank OTP Groupning UZCARD debet kartasi shaxsiy mablag‘laringizni boshqarish uchun zamonaviy va qulay vositadir.
U sizga mablag‘laringizdan xavfsiz foydalanish hamda zarur amallarni istalgan vaqtda amalga oshirish imkonini beradi. Endi o‘zingiz bilan ko‘p miqdordagi naqd pul olib yurishingiz shart emas — Ipoteka-bank kartasi bilan pulingiz doimo ishonchli himoyada bo‘ladi.
Kartalar egasi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan PIN-kodlarni shifrlangan holda saqlaydigan mikrochip bilan jihozlangan. Bu esa yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi. PIN-kodni o‘z xohishingizga ko‘ra infokiosklar, terminallar yoki bank filiallarida o‘zgartirishingiz mumkin. Ko‘zi ojiz fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida karta ustida belgilar bo‘rtma shaklda tushirilgan.
Plastik karta bilan birgalikda siz ko‘plab imtiyozlarga ega bo‘lasiz. Siz savdo va virtual terminallar orqali tovar va xizmatlar uchun komissiya to‘lovisiz, shuningdek, barcha turdagi kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet va boshqa to‘lovlarni kontaktli va kontaktsiz usulda amalga oshirishingiz mumkin. Mobil ilovalar orqali ham pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin. Naqd pullarni bank kassalaridan yoki istalgan UZCARD bankomatlaridan yechib olish mumkin.
Karta olish uchun bank bo‘limiga pasport bilan murojaat qilish va shartnoma imzolash kifoya. Shuningdek, ipotekabank.uz sayti yoki «Ipoteka-Retail» mobil ilovasi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin, bu sizning vaqtingizni tejaydi. Shuningdek, SMS-bankingni bepul ulash va kartani to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefondan boshqarish, jumladan, kartani bloklash va blokdan chiqarish mumkin.
Karta turlari va narxi:
- Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar uchun: chiqarish va muddatini uzaytirish — bepul.
- Jismoniy shaxslar uchun yangi karta: chiqarish va qayta rasmiylashtirish — 50 000 so‘m.
- Pul o‘tkazmalari: «Ipoteka-bank» kartasiga naqd pulsiz o‘tkazmalar — bepul.
- Naqd pul yechish: Naqd pul yechish uchun komissiya — 1% miqdordan.
- Amal qilish muddati: 5 yil.
- Rasmiylashtirish: Bank bo‘limlarida, veb-saytda yoki mobil ilovada.