Hurmatli mijozlar!
Sizga ma’lum qilamizki, 2026 yil 5 yanvardan boshlab Ipoteka bank OTP Groupning korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan Standart tariflariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
44.2-band:
«UZCARD» bank kartalari orqali savdo POS-terminallari yordamida amalga oshiriladigan mobil NFC-tranzaksiyalar uchun mijozlardan olinadigan bank komissiyasi 1% etib belgilanadi.
46.2-band:
SoftPOS (MARTA) terminallari orqali «UZCARD» bank kartalari yordamida amalga oshiriladigan mobil NFC-tranzaksiyalar uchun mijozlardan ushlab qolinadigan bank komissiyasi 1% etib belgilanadi.
48.2-band:
Xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan xalqaro «Visa» va «MasterCard» bank kartalari orqali savdo POS-terminallari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar bo‘yicha mijozlardan olinadigan bank komissiyasi bo‘yicha: «MasterCard» kartalari uchun karta egasidan ushlab qolinadigan foiz stavkasi 2% gacha oshiriladi.
48.4-band:
Chet el banklari tomonidan chiqarilgan xalqaro «Visa» va «MasterCard» bank kartalari orqali SoftPOS (MARTA) terminallari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalar uchun karta egasidan ushlab qolinadigan bank komissiyasi quyidagicha belgilanadi: «Visa» kartalari bo‘yicha - 1,7%, «MasterCard» kartalari bo‘yicha - 2,1%.
Yangilangan tariflar bilan havola orqali yoki bankning rasmiy veb-saytidagi «Bank tariflari» bo‘limida tanishishingiz mumkin!
Ipoteka bank OTP Group’ga bildirgan ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!