Chakana xizmatlar bo’yicha bank tariflariga 2026 yil 2 yanvardan e’tiboran qo’shimcha bandlar kiritilmoqda:
7-bandga qo’shimcha
- Ipoteka-bankda 2026 yil 2 yanvardan boshlab oylik ish haqi loyihasini ulagan Kichik va mikro biznes mijozlari (yuridik shaxs va YaTT) rahbari uchun Bank tomonidan o'rnatilgan to'lov terminali (bank/BXM kassasi) orqali milliy valyutadagi ish haqi loyihasi bank kartalaridan naqd pul yechish (Uzcard, Humo) – 0,5%
27-bandga qo’shimcha
- Ipoteka-bankda oylik ish haqi loyihasi mavjud Kichik va mikro biznes mijozlarining (yuridik shaxs va YaTT) ish haqi loyihasi ishtirokchilarining farzandlari uchun UZCARD KIDS, HUMO Junior kartalarini emissiya qilish – bepul
29-bandga qo’shimcha
- Ipoteka-bankda 2026 yil 2 yanvardan boshlab oylik ish haqi loyihasini ulagan Kichik va mikro biznes mijozlari (yuridik shaxs va YaTT) rahbari uchun 1 dona Bank kartasini ochish va ishdan chiqqanda, yo'qolganida, muddati tugaganda yangilash - Mastercard standart/Visa classic, Mastercard gold/Visa gold – bepul
43-bandga qo’shimcha
- Ipoteka-bankda 2026 yil 2 yanvardan boshlab oylik ish haqi loyihasini ulagan Kichik va mikro biznes mijozlari (yuridik shaxs va YaTT) rahbari uchun Bankomat orqali ish haqi loyihasi bank kartalaridan naqd pul yechish – 0,5%