Ipoteka bank OTP Group 16,99% stavkada “Oson” ipoteka aksiyasini yo’lga qo’ydi

Ipoteka bank OTP Group 16,99% stavkada “Oson” ipoteka aksiyasini yo’lga qo’ydi
Ipoteka bank OTP Group 16,99% stavkada “Oson” ipoteka aksiyasini yo’lga qo’ydi

Ipoteka bank OTP Group birlamchi bozordan uy-joy xaridi uchun “Oson” ipoteka krediti bo‘yicha yangi taklifni ishga tushirganini ma’lum qilmoqda. Aksiya doirasida yillik stavka 16,99% gacha pasaytirildi, taklif esa cheklangan muddatda — 1-apreldan 30-iyungacha amal qiladi.


Aksiyaning joriy etilishi O‘zbekistonda uy-joyga bo‘lgan yuqori talab sharoitida ipoteka imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Taklifning cheklangan muddati esa mijozlarga yangi qurilgan uylar uchun xonadon xaridida yanada qulay shartlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

“Oson” ipotekasi nafaqat rasmiy daromadga ega bo‘lgan mijozlar, balki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ham ajratiladi. Bu esa ilgari kredit olish jarayonida ko‘proq cheklovlarga duch kelgan mijozlar toifasi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Aksiyaning yangilangan shartlari:

    • yillik foiz stavkasi — 16,99%

    • boshlang‘ich badal — 15% dan boshlab

    • kredit muddati — 20 yilgacha

    • yuqori kredit summasi — 480 mln so‘mgacha

    • o‘zini o‘zi band qilganlar hamda rasmiy daromadga ega mijozlar uchun amal qiladi

Ipoteka bank OTP Group’ning “Oson” ipoteka krediti — yangi qurilgan uydan xonadon xarid qilishni shaffof va qulay shartlarda rasmiylashtirish imkoniyatidir.

Kredit uchun arizani bank saytimobil ilova orqali yoki Ipoteka bank OTP Group’ning eng yaqin filialida topshirish mumkin. 
Aloqa markazi: (78) 150-89-13. 



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling