Nashr etilgan: 4 avgust, 2025
Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB OTP Guruhi, 2025-yil 27-avgust kuni soat 1100 da, http://evote.uz/ saytida masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida o‘tkaziladi.
YIG‘ILISh KUN TARTIBI:
1. "Ipoteka-bank" ATIB OTP Guruhi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Hisob komissiyasi tarkibi va a’zolarini tasdiqlash.
2. "Ipoteka-bank" ATIB OTP Guruhi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
3. "Ipoteka-bank" ATIB OTP Guruhining tomonidan yangi qo‘shma korxona tashkil etish va uning ustav kapitaliga investitsiya kiritish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilish.
4. Muammoli kreditlarni chegirma qo‘llash (qisman hisobdan chiqarish) masalasi bo‘yicha qaror qabul qilish.
5. Affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga ruxsat berish.
6. "Ipoteka-bank" ATIB OTP Guruhi Boshqaruv raisi va a’zolarining vakolatlarini uzaytirishga ruxsat berish.
Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2025-yil 31-iyul.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 21-avgust.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki info@ipotekabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishlari mumkin.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish tarkibi bilan http://evote.uz/ manzili bo‘yicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqami: (78)150-11-22 (1199).
Hurmat bilan,
Kuzatuv kengashi
“Ipoteka-bank” ATIB OTP Group