Bankning ishchi materiallariga kirishga urinish bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh
Rasmiy bayonot
Ipoteka bank OTP Group ijtimoiy tarmoqlarda bank tizimlari go‘yoki buzib kirilgani va ma’lumotlar sizdirilgani haqidagi tarqalgan xabarlardan xabardor.
Ayni paytda bank tizimlariga buzib kirilganini tasdiqlovchi holatlar aniqlanmadi. Bankning barcha xizmatlari va mahsulotlari odatdagi rejimda ishlamoqda.
Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, bank tomonidan xarid hujjatlariga oid ayrim ichki materiallarga kirishga urinish bilan bog‘liq cheklangan holat aniqlangan.
Bankning axborot xavfsizligi xizmatlari ushbu holatni o‘z vaqtida aniqlab, uning keyingi rivojlanishining oldini olgan.
Hozirgi vaqtda mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari, bank kartalari, hisobvaraqlari yoki boshqa maxfiy axborotlar sizib chiqqani tasdiqlanmagan.
Shuningdek, mijozlar mablag‘lari va bank xizmatlari barqarorligiga tahdid aniqlanmagan.
Ayni damda bank tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda ichki tekshiruv va qo‘shimcha monitoring ishlarini davom ettirmoqda.
Mijozlar xavfsizligi, ma’lumotlar himoyasi va bank xizmatlarining ishonchli ishlashi biz uchun ustuvor ahamiyatga ega.
Tekshiruv yakunlari bo‘yicha zarurat tug‘ilganda, bank rasmiy kommunikatsiya kanallari orqali qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.