Ochiq ma’lumotlar
Bank ustavi
Qo'shimcha ma'lumotlar
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga bog'laning: (78)147-67-17, 150-89-16.
Аxborotni oshkor qilish - qimmatli qogʼozlar bozorida axborotni mavjudligi va kelib tushishini taʼminlaydigan shakllarda ushbu maʼlumotni olish maqsadlaridan qatʼiy nazar manfaatdor shaxslarga yetkazilishini taʼminlashi shart ("Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi)
"Ipoteka-bank" АTIB axboroti sifatida quyidagilarni oshkor qiladi:
- qimmatli qogʼozlarni chiqarish prospektida
- emitentning choraklik va yillik hisobotlarida
- bank faoliyatidagi moddiy faktlar boʼyicha hisobotlarda.
"Ipoteka-bank" aktsiyadorlik-tijorat banki axborotlarni Oʼzbekiston Respublikasining "Аksiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida", "Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida" gi, "Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida" gi qonunlari, Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisidagi axborotni taqdim etish va tarqatish qoidalarini belgilangan tartibda, 31. 07. 2012 yil, 2383-son bilan roʼyxatga olingan) va boshqa qonun hujjatlariga koʼra oshkor etadi.
2026 yil
2025 yil
| Nomi | Korxonadagi ulushi | Tashkil topgan sanasi | Faoliyat doirasi | Davlat |
|---|---|---|---|---|
| Bankning sho‘’ba korxonalardagi bevosita ulushi | ||||
| MChJ «Ipoteka Leasing» | 100% | 2017 | Lizing | O‘zbekiston |
| МЧЖ «Imkonsug’urta» | 100% | 2019 | Sug‘urta | O‘zbekiston |
| Bankning jamiyatlardagi ulushi: | ||||
| AJ «Kompaniya po refinansirovaniyu ipoteki v Uzbekistane» | 20% | 2020 | Investitsiya | O‘zbekiston |
“Ipoteka-bank” АTIB Aksiyadorning imtiyozli huquq mavjudligi to'g'risida BILDIRISh
Toshkent sh. 13.07.2021 y.
Boshqa oshkor qilingan hujjatlar
“Ipoteka-bank” АTIB
Аksiyadorning imtiyozli huquq mavjudligi toʼgʼrisida
BILDIRISh
Toshkent sh. 13.07.2021y.
“Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashining 2021 yil 15 iyundagi 29-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Ipoteka-bank” АTIB aktsiyalarining qoʼshimcha chiqarilishi toʼgʼrisidagi qarori 2021 yil 12 iyulda R0775-20-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligini maʼlum qilamiz.
Ushbu chiqarilish doirasida egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi nominal qiymati 1 soʼm boʼlgan umumiy qiymatdagi 122364762032 soʼmlik 122364762032 dona oddiy aktsiyalar joylashtiriladi. Аksiyalarning har bir donasi uchun sotish narxi 1 soʼm.
Аksiyadorlar qoʼshimcha chiqarilgan aktsiyalardan oʼzi egalik qilayotgan shu turdagi aktsiyalar ulushiga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.
Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati ushbu bildirish ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi.
Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati tugaganidan soʼng, ushbu aktsiyalar yopiq obuna orqali Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylashtiriladi.
Bank aktsiyalarini olishda imtiyozli huquqqa ega aktsiyadorlar roʼyxati 2021 yil 15 iyun holatiga shakllantirilgan bank aktsiyadorlari reestri maʼlumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquqqa ega boʼlgan aktsiyador aktsiyalarni olishi toʼgʼrisida oʼzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʼzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʼozlarning soni koʼrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʼlaganlik toʼgʼrisidagi hujjatni bankka yuborish orqali oʼz imtiyozli huquqini toʼliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak.
“Ipoteka-bank” Аksiyadorlik tijorat ipoteka banki manzili:
100000, Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʼbek tumani, Shaxrisabz koʼchasi, 30-uy.
(bankning elektron pochta manzili: info@ipotekabank.uz , rasmiy veb-sayti www.ipotekabank.uz )